Yangiliklar

Tadbirkorlar uchun

Кўчма савдо объектлари

Batafsil
1460701908_1451831593_2

SAYYOR QABULLAR KUNI

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy bo’linmasi boshlig’i tomonidan 2016 yilning 21 iyul kuni soat 10-00da Yangiyer shahar Shodlik mahallasi A.Navoiy ko’chasi, 6-uyda joylashgan Yangiyer shahar telekommunikatsiya bog’lamasi binosida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar (vakillar) bilan Sayyor qabullar kuni o’tkaziladi. Murojaat uchun

Batafsil
Хоким ва ёшлар 1

Yoshlar doimiy e’tiborda

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zosi, Senator, Yangiyer shahr hokimi Qodratov Isroil Tursuboyevich shahrdagi kasb-hunar kolleji talabalari bilan 2016 yilning mart oyida uchrashuvlar o’tkazdi. Uchrashuvlar davomida talabalarga keng qamrovli tushuntirish ishlari, shuningdek bitiruvchi talabalarni bandliginin ta’minlash va kelgusida tadbirkorlik qilish istagi bo’lgan talabalar uchun ham tijorat banklari mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi.

Batafsil
Маданият уйи

Янгиер шаҳрига яна бир туҳфа

2016 йил 5 март куни Янгиер шаҳрида аҳолининг маданий дам олиши учун Янгиер маданият уйи фойдаланишга топширилди. Очилиш маросимида Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси сенати аъзоси, Янгиер шаҳар ҳокими И.Қудратов, Сирдарё вилояти ҳокими ўринбосари, вилоят хотин -қизлар қўмитаси раиси Д.Хайдарова иштирок этдилар.  Очилиш маросими Халқаро хотин қизлар байрами муносабати билан ўтказилаётган шаҳар байрамига уланиб кетди. Ушбу

Batafsil
Зулфияхоним кизларига

Shahrimizdagi Zulfiyaxonim qizlari

M A ‘ L U M O T  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvoshlarni tanlash maqsadida, Yangier shahri o’quv yurtlarida, maktablarida birinchi bosqich tadbirlari olib borildi. Munosib nomzodlar tegishli joylarda o’rganib chiqilib shahar komissiyasiga 25 nafar iqtidorli qizlar taqdim etildi. Yangier shahar Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan

Batafsil

Tezkor savol-javoblar

Namunaviy loyiha bo’yicha yangi qurilgan uylarning bittasini olgan edik. 15 yilga kredit asosida. Soliq to’lanadimi, agar to’lansa yiliga qancha to’lanadi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi to’g’risida»gi PQ-1902-sonli qaroriga asosan, 2013 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar, kishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy – joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to’lab bo’lmagunga qadar, harid qilingan uy-joylar bo’yicha mulk solig’ini to’lashdan ozod qilinganligi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’i Soliq kodeksining 50-bobida belgilangan to’lanishi to’g’risida tushuntirildi.

Men tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi edim, qanday imtiyozlar bor?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi «O’zbekiston Respublikasida 2012-2016 yillarda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida»gi PQ-1754-sonli qaroriga asosan 2012 yilning 2-choragidan boshlab, qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta’mirlash bo’yicha ustalar va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to’lashdan 3 yil muddatga; qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko’rsatadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to’lovini to’lashdan 5 yil muddatga ozod etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-3588-sonli Farmoni bilan hunarmandchilikning asosiy 25 ta faoliyat turlari ro’yxati tasdiqlangan. Mazkur faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi hunarmand yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to’lashdan ozod etilgan bo’lib, ushbu soliq imtiyozining amal qilish muddati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PF-4399-sonli farmoniga asosan 2014 yilning 1 yanvargacha uzaytirilgan. Shuningdek, Soliq kodeksining 390-moddasiga asosan Gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to’lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha qat’iy belgilangan soliq to’lashdan ozod etiladi. Shu bilan birga, Soliq kodeksining 311-moddasiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari uchun sug’urta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

Xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchiman. Xususiy tadbirkor chakana savdo faoliyati bilan shug’ullansa qancha soliq to’laydi ?

Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’iy nazar, qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to’lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi. Shuningdek, ushbu moddaga asosan, agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo’yicha to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qarorining 11-ilovasida yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qat’iy soliq stavkalari belgilangan bo’lib, unga ko’ra chakana savdo faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga 2013 yil 1 yanvar holatidagi eng kam ish haqi (79590 so’m) miqdorida Toshkent shahriga 10 baravar, Nukus shahar va viloyatga bo’ysinuvchi shaharlarga 6,5 baravar va boshqa aholi punktlarida 3 baravarida qat’iy soliq belgilangan.

Foydali yo`llanmalar

QR kodni telefoningiz orqali skaner qiling

gulistan_uz

×

Saytimizning mobil versiyasi

×